
Davron Fayziev: "Buyuk qaytish"
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "Telegram"dagi kanali orqali "Liverpul" va "Aston Villa" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.
"Stiven Jerrard va "Liverpul" bugungi kunda ham bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan nomlar. Stivi ushbu klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, eng uzoq yillik sardori hisoblanadi. "Liverpul" klubining 2005 yilgi Chempionlar ligasidagi fantastik kambek mualliflaridan biri. Shu turnirda klub tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi. Faoliyati va hayotini "Liverpul"ga bag‘ishlagan inson va o‘ylaymanki, bir kuni yana qaytadi, murabbiy sifatida. Bu buyuk qaytish bo‘ladi.
Ammo hozir, Jerrard hayotida birinchi bor "Enfild"ga raqib bo‘lib keladi. "Aston Villa" bosh murabbiyi sifatida. U kelgach klub 4 o‘yinda 3 g‘alaba qayd etdi va faqatgina etakchilar "Siti"ga yutqazdi. Talantli murabbiy ekanligini Stivi Shotlandiyada "Reynjers"ni chempion qilgach isbotlagan. "Liverpul"ga ham muammo tug‘dirishi aniq.
Bugungi o‘yinda barchaning e’tibori unga qaratiladi. Kloppning o‘zi ham buni tan olgan. Bugun balki birinchi bor "Enfild" raqiblar murabbiyini olqishlar bilan kutib oladi. Yana qandaydir perfomanslar bo‘lishi mumkin.
Qiziqsangiz 20:00 da UzReport jonli efirida sizlarni kutaman", - deya yozib qoldirgan Fayziev.
Fikrlar