
Davron Fayziev: Eldor Shomurodovga shularni taqdim eting va golni tomosha qiling
Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan "Roma" o‘rtoqlik o‘yinida "Betis"ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvda rimliklar 5:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Biroq biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz ilk o‘yinidayoq gol urishni va bitta assistni amalga oshirdi.
Ushbu voqelikka taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z fikrini yozib qoldirdi.
- Ozgina bo‘shliq, yaxshi pas va tezlashishga etarli zona. Eldor Shomurodovga shularni taqdim eting va golni tomosha qiling. Tabriklaymiz. Birinchi o‘yin, birinchi gol. Goldan boshqa vaziyatlarda ham Shoma faollik ko‘rsatdi, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar