Davron Fayziev Italiya chempionatidagi vaziyatga e’tibor qaratdi

  • 26 aprel, 2022, 13:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlarda mavsum oxirlab qoldi. Frantsiya va Germaniyada chempion aniqlandi. Qolgan ligalarda kurash avjida. 

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida Italiya A Seriyasidagi vaziyatga e’tibor qaratdi.

- Italiyada ham poyga. Milan shahri klublari qattiq kurashga kirishgan. Vaziyat Angliyanikiga o‘xshash. "Inter"da 72 ochko va bitta o‘yin kam. "Milan"da 74. O‘sha kam joyi to‘ldirilsa 1 ochko farq bo‘ladi. "Milan" juda muhim o‘yinda oxirgi daqiqada gol urib "Latsio"ni engdi va etakchilikni saqlab qoldi.

Qolgan o‘yinlar:

"Milan" - "Fiorentina", "Verona", "Atalanta", "Sassuolo"

"Inter" - "Bolonya", "Udineze", "Empoli", "Kalyari", "Sampdoriya"

Juda murakkab vaziyat. Bir tomondan "Milan"ning A Seriyadagi chempionligi uzoq kutilmoqda va bu tarixiy voqeaga aylanadi. Chempionatdagi o‘zaro o‘yinda ham "Milan" ustun kelgan. Boshqa tarafdan, "Inter" qolgan turlarda ochko yo‘qotish ehtimoli juda kam va aynan shu barqarorligi uchun ham titul olishga munosib. Odatiy gap, kuchlisi g‘olib chiqsin, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!