Davron Fayziev: O‘ta ta’sirchan insonlarga ko‘rish tavsiya etilmaydigan o‘yin

  • 11.03.2021 15:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa ligasi nimchorak finalida "Manchester Yunayted" - "Milan" bahsi o‘tkaziladi. Ushbu bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi. Uchrashuv oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Angliyaning 20 karra chempioni Italiyaning 18 karra chempioniga qarshi. Chempionlar ligasini 3 bor qo‘lga kiritgan klub ana shu turnirda 7 marta g‘alaba qozongan jamoaga qarshi. Yana o‘nlab titullarga ega Evropa futboli gigantlari to‘qnashuvi.
"Manchester Yunayted" - "Milan".

To‘g‘ri, bahs Evropa ligasidan joy olgan, ammo bu qarama-qarshilik bemalol Chempionlar ligasini ham bezashi mumkin. Ular 10 ta o‘zaro rasmiy uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, barchasi aynan Chempionlar ligasiga to‘g‘ri keladi. Va biror marta durang o‘ynashmagan. Hisob teng 5:5. Ana shunday bekgraund bilan bugungi o‘yinga etib kelishmoqda. O‘xshashliklar tugamadi. Ikkisi ham chempionlikni sog‘inishgan va chempionatda ikkinchi pog‘onada ketishmoqda. Bu degani bugungi darajasi teng va favorit yo‘q.

O‘zi aslida bu ma’lumotlar shart emasdi, shundoq ham nostalgiya o‘lchovi me’yoridan oshmoqda. O‘ta ta’sirchan muxlislar ko‘rishi sog‘inch ko‘z yoshlariga olib kelishi mumkin. Klasikani va barcha narsaning o‘ta sifatlisini yaxshi ko‘radiganlar, ya’ni estetlar uchun sovg‘a, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!