Davron Fayziev O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ilk turda yo‘l qo‘ygan kamchilik haqida gapirdi

  • 3 iyun, 2022, 11:08
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-23 Osiyo kubogi ilk turida Turkmaniston bilan kuch sinashdi. Og‘ir kechgan bahsda vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchdi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘yin borasida fikr bildirdi. 

Tecno

- Mehnatli g‘alaba. O‘zbekiston U-23 Osiyo kubogini Turkmaniston bilan o‘yindagi g‘alaba bilan boshladi. Gol penaltidan urildi. Aslida o‘yindan urilishi uchun vaziyatlar etarli bo‘ldi. Hujumlarga nuqta qo‘yishda kamchiliklar kuzatildi. Yigitlarning gollarga bo‘lgan chanqog‘i bosilmadi va saqlanib qoldi. Ancha mehnat bilan olingan 3 ochko bo‘ldi. Eron va Qatar 1:1 o‘ynadi. Natijada O‘zbekiston guruh peshqadamiga aylandi. Keyingi uchrashuv 4 iyun kuni 20:00 da Qatarga qarshi bo‘ladi. Uyog‘iga qo‘shaverish, bosaverish kerak, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
03/06/2022 14:50
Билимдон!