
Davron Fayziev: Ronalduning dubllari "Real"ga etishmadi, "Yuve"ga esa etmadi. Sarri bilan bu tarkib shunchaki uvol
"Manchester Siti" EChL nimchorak final javob bahsida "Real"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Lion" esa, Ronaldu boshchiligidagi "Yuventus"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Uchrashuvlardandan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘yinlar borasidagi fikrlarini bayon etdi.
- Ikkita teng kuchli jamoa o‘ynaganda ko‘pincha shunday mayda detallar hal qiladi. Varan bir yo‘la ikki marta adashdi. Nega? Chunki "Manchester Siti"ning dahshatli pressingi majbur qildi. Bu oddiy ko‘ringan xatolar zamirida "Siti"ning to‘psiz harakati yotibdi. Balki Zidan va "Real" muxlislarining Varanga nisbatan dastlabki reaktsiyasi juda salbiydir. Ammo eslatib o‘tmoqchiman, "Real Madrid" 4 marta Chempionlar ligasini shu Varan bilan yutdi, Frantsiya esa jahon chempionatini.
"Yuventus" Mauritsio Sarri borasida rasmiy xabar berdi (Foto)
Narigi uchrashuvda apset bo‘ldi. "Lion" turnir favoritlaridan biri "Yuventus"ni yiqitdi. Ronalduning dubllari "Real"ga etishmadi, "Yuve"ga esa etmadi. Sarri bilan bu tarkib shunchaki uvol. "Yuventus" boshqa murabbiy bilan ko‘karadi va mevaga kiradi. Sarri esa TOP emas va uning uchun ham xayrli yo‘l boshqa klubdir.
"Manchester Siti" va "Lion" kun qahramonlari. Katta favoritlarni chiqarib yuborishdi, - deya yozdi Davron Fayziev.
Fikrlar