Daxshatli jang o‘tkazgan Sen-Denining hozirgi ahvoli qanday?

  • 30 sentabr, 2024, 16:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Frantsiyalik UFC jangchisi Benua Sen-Deni Renato Moykanodan uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng qanday ahvolda ekanini ma’lum qildi.

"Ehtimol, o‘sha kuni omadim kelmadi. Nima ham derdim, bu sport. Unda g‘alaba va mag‘lubiyat doim yonma-yon yuradi. Hozirda esa ahvolim ancha yaxshi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat", - deb yozdi sportchi Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Parijda o‘tkazilgan "UFC Fight Night 243" turnirida Sen-Deni shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Natijada g‘alaba Renato Moykanoga berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!