De Bryuyne: "Mening maqsadim "Siti"ga Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini olib berish"

  • 12 aprel, 21:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Kevin De Bruyne yaqinda joriy mavsum yakunida “Manchester Siti”ni tark etishini e’lon qildi. “Kristal Pelas” ustidan irodali g‘alaba (5:2) qozonilgan o‘yindan so‘ng, belgiyalik futbolchi mavsumning qolgan qismi uchun o‘z maqsadini aytib o‘tdi. De Bruynening so‘zlariga ko‘ra, u “shaharliklar” uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini ta’minlashni xohlaydi.

Tecno

— “Men ushbu jamoaga Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini olib berib, shunday xayrlashmoqchiman, chunki ’Manchester Siti’ bunga loyiq. Biz so‘nggi to‘qqiz-o‘n yil davomida Chempionlar Ligasida o‘ynadik. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ham jamoa bu turnirda ishtirok etadi. Men esa yaxshi futbol ko‘rsatishga harakat qilaman,” — dedi De Bruyne BBC Match of the Day dasturida.

Keyingi turda “Manchester Siti” safarda “Everton”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!