De Bryuyne yubiley assistentligini amalga oshirdi

  • 18.01.2021 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuynening "Manchester Siti"dagi assistlari soni 100 taga etdi.

Kecha "Kristal Pelas"ga (4:0) qarshi o‘yinda amalga oshirilgan golli uzatma 29 yoshli futolchi uchun yubiley uzatma bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Kevin De Bryuyne “Manchester Siti” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 244 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 60 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, De Bryuyne “Siti”ga o‘tganidan buyon APLda hech bir futbolchi undan ko‘p assist amalga oshirmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!