De La Xoya: "Golovkin Alvares bilan jang qilish huquqiga ega bo‘lishi kerak"

  • 12 sentabr, 2019, 14:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC va WBA chempioni Saul Alvaresning promouteri Oskar de La Xoya, Gennadiy Golovkinning  meksikalik bokschi bilan uchinchi jang qilish uchun imkoniyat hosil qilish kerak degan fikrni bildirdi.

Tecno

"Golovkin yana Alvares bilan jang o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishi kerak. Saulda ko‘plab variantlar bor. Golovkin esa zinapoyadagi navbatini kutish kerak. Ishonchim komilki, agar u muvaffaqiyatini davom ettirsa, uchinchi jang albatta sodir bo‘ladi", - dedi De La Xoya.

Golovkin va Alvares o‘rtasida ikki marotaba jang o‘tkazilgan. Birinchi jangda durang qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchisida, Saul hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!