De Ligt uchun faqatgina 1 ta klub rasmiy taklif bilan murojaat qildi
"Ayaks" klubi himoyachisi Matteyas De Ligt o‘zining transferi borasida faqatgina 1ta taklif oldi. Bu haqda VVS muxbiri Devid Ornsteyn xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaasha ko‘ra 19 yoshli gollandiyalik futbolchini faqatgina "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi. Biroq, u “qizil iblislar” safiga o‘tishni xohlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq de Ligtga PSJ va “Yuventus” klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Mattays de Ligt o‘tgan mavsum “Ayaks” safida jami 57ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol urishga erishdi.

Fikrlar