De Rossi 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
Mavsum yakungangach “Roma” bilan shartnomasi yakunlangan yarim himoyachi Daniele de Rossi futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 36 yoshli futbolchiga "Fiorentina", "Milan" va "Sampdoriya" kabi A Seriya klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, u yakunda butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, de Rossi butun faoliyatini “Roma” klubiga bag‘ishlagan va 2002-2019 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. Italiya terma jamoasi safida esa 171ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishgan.
Fikrlar