
De Xea 15 yillik rekordni yangiladi
“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea kecha “Aston Villa”ga (2:1) qarshi o‘yinda ishtirok etdi. Bu uning “qizil iblislar” safida APL doirasida maydonga tushgan 327-o‘yin bo‘ldi.
Ispaniyalik posbon shu tariqa Britaniya fuqarosi bo‘lmagan futbolchilar orasida MYu libosida APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. Bundan avvalgi rekord irlandiyalik Roy Kinga (326) tegishli edi. E’tiborlisi, ushbu rekordni 15 yildan buyon hech kim yangilay olmayotgan edi.
De Xea “Manchester Yunayted” tarixida APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida 5-o‘rinda bormoqda. Undan oldinda Ueyn Runi (393), Gari Nevill (400), Pol Skoulz (499) va Rayan Giggz (632) bormoqda.
Fikrlar