
De Xea: Chorak finalga qaysi jamoa chiqishi noma’lum
“Manchester Yunayted” jamoasi darvozaboni David De Xea “Sevilya”ga qarshi (0:0) o‘yindan keyin o‘z firklarini aytib o‘tdi.
“Sevilya” bizdan ko‘ra ko‘proq xavfli vaziyatlar yarata oldi. Lekin raqib to‘p bilan bo‘lganida biz yaxshi himoyalandik. “Sevilya” ajoyib uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa-da, chorak finalga qaysi jamoa chiqishi noma’lum.
Mening seyvim? Birinchi bo‘lim oxiri uchrashuvdagi muhim vaziyat hisoblanadi. Men zarbani qaytardim va bu ishni uddalaganimdan xursandman”, – dedi ispaniyalik posbon.
Fikrlar