
De Xea "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qildi
Darvozabon David de Xea 2022/2023 yilgi mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qildi. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar"ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifi De Xeaga to‘g‘ri kelmaydi. Har qanday holatda ham De Xea maoshini kamaytirishga majbur bo‘ladi. Ispaniyalik posbon yoki Angliyada yangi jamoa topadi yoki Ispaniyaga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli darvozabon 2011 yilning yozidan beri "Manchester Yunayted"da o‘ynab kelmoqda. O‘shandan beri ispaniyalik barcha musobaqalarda 529 ta o‘yin o‘tkazib, 575 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar