De Xea MYuda qoladi, uning maoshi Pogbaniki bilan tenglashtiriladi

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, uning haftalik maoshi Pol Pogbaniki singari 290 ming funtni tashkil etadi. Yaqin orada mazkur shartnoma borasida kelishuvga erishilgach rasman e’lon qilinishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli kiper 2011 yildan buyon "qizil iblislar" sharafini himoya qilib keladi. U joriy yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida 4 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta bahsda darvozasini "quruq" saqlay oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!