
De Xea va Pogba "Partizan"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi darvozaboni David De Xea va yarim himoyachisi Pol Pogba Evropa ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan “Partizan”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar jamoaning bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etishmagan. Ta’kidlash kerakki, Pogba 30 sentyabrdan buyon jarohati sabab maydonga tushmayapti.
Shuningdek, Nemanya Matich, Lyuk Shou, Diogu Dalot va Aksel Tuanzebe kabi futbolchilar ham bugungi mashg‘ulotlarda qatnashishmadi.
Eslatib o‘tamiz, «Partizan» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar