De Yong Gollandiya - Angliya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 07.06.2019 08:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek kecha Gollandiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi ikkinchi yarim final juftligida Angliyaga qarshi bahs olib bordi. Garchi birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

UEFA esa Frenki de Yongni ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Ta’kidlash kerakki, u o‘yin davomida 10ta yakka kurashlarda g‘olib chiqdi, uning oshirgan 105ta uzatmasidan 96%  aniq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, endi Gollandiya musobaqa finalida Shveytsariyani engan Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!