Deku “Barsa”ni kuchaytiradigan oʻyinchi topdi

  • 30.03.2026 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasi davrida Italiya chempionatida “Yuventus” sharafini himoya qilayotgan himoyachi Andrea Kambyazonni sotib olishni mo‘ljallayapti.

Gazzetta dello Sport nashri ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 26 yoshli italyanlikni diqqat bilan kuzatmoqda va uni himoyani kuchaytirish varianti sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, “Yuventus” bosh murabbiyi Lyuchano Spalletti Kambyazonni jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri, deb hisoblaydi va uni qo‘yib yuborishga ko‘nmayapti.

Kambyazoning turinliklar bilan shartnomasi esa 2029 yilning yarmigacha amal qiladi.

Turin klubi rahbariyati himoyachining transfer narxini 50 million yevroga baholamoqda va bu summadan kam takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.

Avvalroq Kambyazo “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi aytilgan edi, biroq “Barselona”ning qiziqishi futbolchining qaroriga ta'sir qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!