Deku: "Yamal butun dunyo uchun haqiqiy sovg‘a"

  • 8 oktabr, 02:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sport direktori Deku yosh vinger Lamin Yamalning futboldagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Hamma Laminni ko‘ryapti, ammo agar sen "Barsa" uchun muhim bo‘lsang, demak, butun dunyo uchun ham muhimsan. Bu bosimni qanday qabul qilishni bilish kerak, lekin bu ko‘proq shaxsiy rivojlanish bilan bog‘liq. Biz o‘yinchilarga nafaqat sport nuqtai nazaridan, balki maydon tashqarisida ham yordam berishimiz lozim. Ammo yosh — bu yosh.

Mening yoshim 48, uning yoshi esa 18, ammo Lamin ajoyib etuklik ko‘rsatmoqda. Chunki u boshqalardan farq qiladigan futbolchi. "Barsa" va butun dunyo uchun Lamin — bu haqiqiy sovg‘a, biz bu bilan faxrlanishimiz kerak", — dedi Deku "Catalunya Radio" efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!