Delapning golsiz seriyasi 25 ta o‘yinga yetdi
"Chelsi" hujumchisi Liam Delap gol ura olmayotgan o‘yinlar seriyasini davom ettirmoqda.
23 yoshli futbolchi “Tottenxem”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga yordam berdi. Biroq u yana raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi.
Shu tariqa, angliyalik hujumchining barcha musobaqalardagi golsiz seriyasi 25 ta o‘yinga yetdi. Delap so‘nggi marta yanvar oyi boshida “Fulxem”ga qarshi uchrashuvda gol urgan edi.
Futbolchi o‘tgan yozda "Ipsvich"dan "Chelsi"ga 35,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. OAVda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, joriy mavsum uning London klubidagi yagona mavsumi bo‘lishi mumkin.
“Chelsi” APL so‘nggi turida 24 may kuni mehmonda “Sanderlend”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar