Dembele “Barsa”ni sudga beradigan bo‘ldi
Cadena SER nashrining xabar berishicha, Usmon Dembele “Barselona” ustidan sudga ariza beradigan bo‘ldi. Bunga sabab, klub rahbariyati futbolchi shartnomani yangilamagani uchun uni o‘yin qaydnomasiga kiritmaganidir.
Agar klub xo‘jayinlari frantsiyalik futbolchiga bosim o‘tkazishni davom ettirsa, Dembele o‘z haq-huquqlarini sud yordamda himoya qiladi.
Ma’lumki, kataloniyaliklar iste’dodli o‘yinchini yangi bitimga ko‘ndira olmaganidan keyin uni mavsum oxirigacha zaxirada olib o‘tirishga qaror qilgani oshkor bo‘lgandi.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” kabi jamoalar Usmon Dembeleni yanvar oyida transfer qilishga urinmoqda.

Fikrlar