Dembele mag‘lub bo‘lgan Messini “yupatib qo‘ydi”

  • 30.06.2025 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining pley-off bosqichida “Pari Sen-Jermen” Lionel Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga to‘rtta gol urib, AQSh jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi.

Parijliklar etakchisi Usmon Dembele uchrashuvdan keyin raqib yulduzi Messi bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab, argentinalik yulduzga murojaat yo‘lladi.

 - Barcha zamonlarning eng zo‘r o‘yinchisi Leo Messi, seniya na ko‘rganimdan xursandman. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bo‘lgani kabi keyinchalik ham “Inter Mayami” bilan tarix yaratishda davom etasan, degan umiddaman, - deb yozdi Usmon Dembele.

Ta’kidlash joizki, Usmon Dembele 2017-2021 yillar davomida Ispaniyaning “Barselona” klubida Lionel Messi bilan birga to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!