Dembele "Oltin toʻp" uchun asosiy nomzodlarni aytdi

  • 08.09.2026 15:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amaldagi "Oltin toʻp" sohibi, fransuz futbolchisi Usman Dembele bu yilgi mukofot uchun oʻz favoritlarini sanab oʻtdi. Uning fikrlari France Football jurnali tomonidan keltirilgan.

"Mening uchtalik roʻyxatim? Aniq tartib yoʻq, barchasi bir darajada: Xvicha Kvaratsxeliya, juda yaxshi mavsum oʻtkazgan Garri Keyn va, deb oʻylayman, Kilian Mbappe", — dedi Dembele.

"Oltin toʻp" mukofotiga France Football jurnali sobiq bosh muharriri Gabriyel Ano asos solgan. Ushbu sovrin ilk bor 1956 yilda angliyalik "Blekpul" klubi hujumchisi Stenli Metyuzga topshirilgan. Gʻolibni futbol boʻyicha ixtisoslashgan jurnalistlar ovoz berish orqali aniqlagan.

Dastlab "Oltin toʻp" faqat evropalik futbolchilarga berilardi. 1995 yildan boshlab har qanday millat vakili ushbu mukofotga daʼvogarlik qilish huquqini qoʻlga kiritdi, biroq shart shu ediki, futbolchi albatta Yevropa klubida toʻp surishi kerak edi. 2007 yildan esa bu cheklov bekor qilindi va istalgan mamlakatda oʻynaydigan futbolchi "Oltin toʻp" uchun kurasha oladigan boʻldi.

2010–2015 yillarda sovrin France Football jurnali va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) hamkorligida topshirildi. 2016 yildan eʼtiboran ikki alohida mukofot beriladi: biri — nashr talqini boʻyicha, ikkinchisi — FIFA talqini boʻyicha. FIFA versiyasida yilning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofot 1991–2009 yillarda ham alohida tarzda taqdim etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!