Dembele PSJdagi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 17.03.2026 02:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

PSJ futbolchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi javob o‘yini oldidan klub bilan shartnomani uzaytirish borasida izoh berdi.

"Shartnomani uzaytirmaslikka sabab yo‘q, lekin qarorni men qabul qilmayman. Shartnomam muhokamasi klub va agentim o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Men faoliyatimning boshidanoq bu ishda ishtirok etmayapman," - dedi Dembele.

Ma’lumot uchun, fransiyalik vinger joriy mavsumida 27 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining parijliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor narxi 100 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!