
Dendonker "Anderlext"ga qaytdi
Belgiya milliy terma jamoasi va Angliyaning "Aston Villa" klubi futbolchisi Leander Dendonker o‘z yurtiga aniqrog‘i "Anderlext"ga qaytdi.
"Aston Villa" 29 yoshli yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga berdi. Dendonker 2013 yildan 2018 yilgacha Belgiya klubida o‘ynagan Ya’ni proffesional faoliyatini aynan shu jamoada boshlagan.
Shuningdek, APLda "Vulverxempton" va " Aston Villa" klublarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumni esa "Napoli"da ijara asosida o‘ynadi.
Bundan tashqari, futbolchi Belgiya milliy terma jamoasi safida 33 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar