
Deniel Korme UFCda o‘z debyutini kutayotgan hamyurtiga nasihat qildi
UFCning ikki karra sobiq chempioni Deniel Korme UFCda o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan jangchi Bo Nikalning so‘zlariga munosabat bildirdi.
Ta’kidlash kerakki, UFC promoushenida debyut jangini kutayotgan amerikalik jangchi Hamzat Chimaevga qarshi jang o‘tkazish istagini bildirmoqda.
“U Hamzat Chimaevga “chaqiruv” tashlaydimi? Men o‘ziga ishongan jangchilarni yaxshi ko‘raman, lekin Bo o‘zini bosib olishi kerak. Nikal mening bu gaplarimga e’tibor qilmasligi mumkin, ammo Chimaev uning uchun juda ham kuchlilik qiladi.
Albatta, kelajakda bu jang bo‘lishi mumkin, ammo hozir Bo o‘z ustida qattiq ishlash kerak”, — dedi Korme.
Fikrlar