Deontey Uaylderga nihoyat raqib topildi
Super og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylderning promouteri Shelli Finkel Dominik Brizil bilan bo‘ladigan jang borasida tomonlar kelishib bo‘lganligini ma’lum qildi.
– Biz muzokaralarning hal qiluvchi pallasida turibmiz. O‘ylaymanki, barchasi tez orada ma’lum qilinadi. Rejaga ko‘ra, shartnoma keyingi hafta imzolanadi.
– Hozir jamoamiz ba’zi shartlarni muhokama qilmoqda. Brizil – Uaylder uchun munosib raqib deb o‘ylayman. Har tomonlama raqobat qila oladigan bokschi, – deya Finkelning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvaliga amerikalik bokschi Tayson Fyuri bilan revansh jang o‘tkazishi kerak edi, biroq britaniyalik bokschi jangni ishtirok etishdan bosh tortdi.
Fikrlar