Depay "Barselona"ga o‘tganidan afsusdami?

  • 05.10.2021 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay bu jamoaga o‘tganidan hech ham afsusda emasligini aytdi.

"Bu haqda qanday so‘rash mumkin? Bu klubning buyukligi va futbolchining bu erga kelishi nimani anglatishini hamma biladi. Men bundan hech qachon afsuslanmayman.

Biz "Barsa"dagi hozirgi vaziyatdan xabardormiz. Hamma vahimada, chunki bu klub uchun bu g‘ayrioddiy holat. Ular bu erda g‘alaba qozonishga va chiroyli futbol ko‘rsatishga o‘rganib qolishgan. Lekin men xavotirlanmayman va hamma narsa o‘zgarishiga aminman", - dedi niderlandiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Depay "Barselona"ga joriy yozgi transferlar davrida erkin agent sifatida borib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!