
Depay nihoyat qaysi jamoaga o‘tishini tushunib etdi
“Lion” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylanadigan hujumchi Memfis Depay yozgi transferlar davrida "Barselona"ga o‘tmoqchi ekanligini aniq aytdi.
“Barselona” bilan azaldan aloqador ekanligimni va Ronald Kuman boshchiligida o‘ynashni xohlayotganimni hamma biladi. Keling, kutamiz va nima bo‘lishini ko‘ramiz”, - dedi Depay.
Eslatib o‘tamiz, shu oy oxirida Memfis Depay va "Lion" o‘rtasidagi shartnoma o‘z nihoyasiga etadi.
Depay “Lion” safida o‘tgan mavsum 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 20 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar