
Desham Mbappeni nega terma jamoaga chaqirmaganini aytdi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham “Real” hujumchisi Kilian Mbappeni UEFA Millatlar ligasining noyabrdagi o‘yinlariga chaqirtirmadi.
Frantsiyaliklar 14 noyabrda Isroil va uch kundan keyin Italiya terma jamoalari bilan kuch sinashishi kerak.
- Men vaziyatni Mbappening o‘zi bilan muhokama qildim. Uchrashuvdan keyin hammasini o‘ylab chiqib, keyin bir qarorga keldim.
Shuni aytishim mumkinki, Kilianning o‘zi terma jamoaga kelishga tayyorligini bildirdi, lekin uning oldida sportga bog‘liq bo‘lmagan muammolar turibdi. Tarkib tanlashda shularni ham inobatga oldim, - dedi Dide Desham.
25 yoshli Mbappe Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan hisoblanadi. Hozircha, Kilian xalvaro miqyosda 86 marotaba o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 48 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar