Desham Zidan bilan yaqin do‘st emasligini ta’kidlab, ularning munosabati haqida gapirdi

  • 23 mart, 14:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham sobiq jamoadoshi Zinedin Zidan bilan kelishmovchilik borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. 
 
"Bu faqatgina navbatdagi o‘ylab topilgan gap! Biz birga ko‘p yillar o‘ynaganmiz va hanuz bir-birimizga katta hurmat bilan qaraymiz. Oxirgi uchrashuvimizda fikr almashdik va juda yaxshi suhbatlashdik. Biz har doim bir-birimizning yutuqlarimizni tan olamiz." 
 
Desham shuningdek, Zidanni shaxsiy do‘sti deb atamasligini, ammo ular o‘rtasida doim hurmat bo‘lishini qo‘shimcha qildi: 
 
"Biz yaqin do‘st emasmiz, har birimizning o‘z yo‘limiz bor. Ammo nima bo‘lishidan qat’i nazar, biz o‘zaro hurmatni saqlab qolamiz" - deya ta’rif berib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!