Di Mariya faoliyatini qaysi jamoada yakunlamoqchiligini aytdi

  • 8 noyabr, 2020, 14:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini aynan frantsuz klubida yakunlamoqchi.

Tecno

“Men Evropadagi faoliyatimni PSJda yakunlashni xohlayman. Ammo hammasi menga bog‘liq emas, men qo‘limdan kelgancha harakat qilaman.

Barchamiz murabbiyimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. U jamoamizni Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi. Tuxel bizga ishonadi va biz unga ishonamiz”, - dedi argentinalik futbolchi.

32 yoshli Di Mariya joriy mavsum PSJ safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!