Di Mariya Messiga “qimmatli maslahat” berib ketdi
“Pari Sen-Jermen”ni tark etgan Anxel Di Mariya o‘z hamyurti Lionel Messiga yangi mavsumda Neymardan 10-raqamli so‘rab olishni maslahat berdi.
- Men Leoga keyingi mavsumda Neymardan 10-raqamni so‘rab olishni aytdim. Neymar 11-raqamda o‘ynasa ham bo‘ladi. Messi dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi va har doim 10-raqamda to‘p tepishi kerak, - dedi Anxel di Mariya.
Lionel Messi yakunlangan mavsumda 30-raqam ostida harakat qildi. Uning statistikasi so‘nggi 15 yilgi faoliyati davrida eng past bo‘ldi. Argentinalik yulduz jami 34 ta o‘yinda 11 ta gol va 14 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar