
Di Mariya: PSJdan ketmayman, chunki Messi kelyapti
Bundan avval, o‘ziga yangi jamoa qidirayotganini ma’lum qilgan Anxel di Mariya faoliyatini PSJda davom ettirishga qaror qildi va klub bilan yangi shartnoma imzolash uchun muzokara o‘tkazmoqda.
Argentinalik futbolchi Parijda qolish qarorini Lionel Messi bilan bog‘ladi.
- Biz klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara qilyapmiz. PSJda qolish fikriga kelishimga, kelasi mavsum Lionel Messi bilan klubda ham birga o‘ynash imkoni yuzaga kelgani sabab bo‘ldi, - dedi Anxel di Mariya.
Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ argentinalik yarim himoyachiga 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilyapti. Uning transfer summasi esa, 22 million evroga baholangan. Anxel joriy mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va 11 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar