Dibala "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

  • 15 oktabr, 2020, 16:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala "Chelsi"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi “keksa sinora”ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirloning rejalariga kirmaydi. Shu bois Dibala jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, u haligacha amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha “Yuve” rahbariyati bilan kelisha olmayapti.

Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Uning transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!