
Dibala EChL finalida "Barselona" bilan o‘ynamoqchi
Xabaringiz bor kecha "Yuventus" o‘z maydonida "Portu"ni (1:0) mag‘lub etib Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l olgan edi. Uchrashuvdan so‘ng turinliklar forvardi Paulo Dibala musobaqada g‘olib chiqishni niyat qilayotganini aytdi.
"Men g‘alaba qozonganimizdan va chorak finagla chiqqanimizdan hursandman. "Yuventus" ayni damda juda yaxshi formada. Ko‘ramiz keyingi bosqichda bizga kim to‘g‘ri kelar ekan.
Bizdek jamoa Chempionlar ligasi g‘olibligi haqida o‘ylamasligi mumkin emas. Shuni aytmoqchimanki, finalda "Barselona" bilan o‘ynashni istardim", - deydi argentinalik futbolchi TMW nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar