Dibala o‘z jamoasini "Barselona", "Real" va "Bavariya" bilan tenglashtirdi
Turinning "Yuventus" klubi etakchilaridan biri Paulo Dibala o‘z jamoasini Evropaning grand klublari safida ekanligini aytib o‘tdi.
"Biz ham musobaqa boshidan buyon "Barselona", "Real" va "Bavariya" darajasidagi o‘yinlarni namoyish etib kelyapmiz. Agar keyingi bosqichga chiqsaq, u holda biz ular bilan bir qatorda tilga olinamiz.
Biz chempionatda ancha yuqorilab ketdik, bundan tashqari Italiya kubogi yarim finali dastlabki bahsida g‘alaba qozondik. Shunday ekan hatto ba’zi jihatlarda biz ulardan ustunroqmiz", - deydi argentinalik futbolchi "Portu"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, "Yuventus" dastlabki bahsda "Portu"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini bugun 14 mart kuni bo‘lib o‘tadi

Fikrlar