Dibala "Yuventus"da qolmoqchi

  • 24.05.2019 21:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala jamoadan ketmoqchi emas. Bu haqda Sky Sport Italia xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 25 yoshli argentinalik futbolchiga "Inter", "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublaridan qiziqishlar mavjud.

“Men allaqachon “Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashdim. U ham jamoada qolmoqchiligimni biladi. Biroq, barchasi jamoaga yangi keladigan murabbiyga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Men esa Turinda qolishni xohlayman”, - deydi Dibala.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” Dibalani 2015 yil “Palermo”dan 32 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!