Didye Desham: "Argentinaga Jahon chempionatida yordam berildi, deb o'ylaydiganlarni tushunmayman"
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Argentinaning so‘nggi Jahon chempionatidagi g‘alabasini esladi.
"2022 yildgi Jahon chempionatida Argentina raqiblariga qarshi yagona bahsli penalti Polshaga qarshi o‘yinda belgilandi - va u golga aylantirilmadi. Argentina turnirda 15 ta golidan atigi to‘rtasini penaltilardan urdi.
Birinchi o‘yinda hakam ularning uchta golini inobatga olmadi va Niderlandiyaga qarshi o‘yinda hakam, mening fikrimcha, juda ko‘p vaqt qo‘shdi va bahsli qoidabuzarlik qildi. Men finalda argentinaliklarga yordam berildi, deganlarni tushunmayapman. Biz penalti dan shikoyat qilmadik, chunki biz uni adolatli deya hisobladik. Men Argentina va Frantsiyani bizga Jahon chempionati tarixidagi eng zo‘r finalni taqdim etishdagi birgalikdagi sa’y-harakatlari uchun faqat tabriklayman", - deya murabbiyining so‘zlaridan iqtibos keltirdi "MC".
Katta ehtimol bilan Desham 2026 yildgi Jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.
Fikrlar