Dide Desham: "Bizda yosh jamoa bor. Ular tajriba to‘plab, ko‘proq barqaror bo‘lishi kerak"

  • 06.09.2025 03:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCh-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Ukrainaga qarshi bahs (2:0) haqida fikr bildirdi. Frantsuzlar muhim g‘alabaga erishib, yo‘llanma sari yana bir qadam tashlashdi.

Ukrainaga qarshi o‘yinni qanday baholaysiz? Frantsiya Jahon chempionati yo‘lida qadam tashladimi?

"Bu muhim o‘yin edi. Biz bu bellashuv yuqori darajada kechishini bilardik. Birinchi bo‘limda ustunlikni ertaroq qo‘lga kiritishimiz mumkin edi. Shundan keyin 4–5 daqiqa ichida pasayish kuzatildi. Buni aytib o‘tish lozim, lekin asosiysi boshqa. Biz 2:0 hisobida g‘alaba qildik va darvozamiz daxlsizligini saqladik. Biroq raqib ikki marta yaxshi imkoniyat yaratdi.

Doim g‘alaba qozongan yaxshi. Dushanba kuni guruhimiz etakchisi – Islandiyaga qarshi o‘yin kutmoqda".

Jamoa o‘yinida barqarorlikni qanday topish mumkin?

"Bu erda hammasi raqibga ham bog‘liq. Yuqorida bosim o‘tkazish ko‘p kuch talab qiladi. Buni avval hujumchilar boshladi, ular ko‘p yugurishdi. Keyinroq esa yugurishlar kamaydi. Barcha 90 daqiqani nazorat qilish qiyin. Bizda pasayish emas, balki raqibning kuchli daqiqalari bo‘ldi, desam to‘g‘riroq.

O‘yinni yaxshi yakunladik. Bizda yosh jamoa bor, ular harakatlarni takrorlay-­takrorlay tajriba va barqarorlik to‘plab boradi", – dedi Desham.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!