Didye Desham Shevalye va Kamavinga nima uchun JCh-2026 tarkibiga kiritilmaganini izohladi

  • 15.05.2026 01:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCh-2026 uchun e’lon qilingan tarkibga PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye va "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga nima uchun kiritilmagani haqida fikr bildirdi.

Deshamning aytishicha, Kamavinga mavsumni qiyin o‘tkazgan va jarohatlar sabab kam o‘ynagan. Uning yoshi ham hali juda yosh ekanini ta’kidladi.

"Men qaror qabul qilishim kerak, tarkib tuzishim lozim. Lekin uning hozir qanchalik xafa bo‘lganini tushunaman", — dedi Desham.

Murabbiy uchinchi darvozabon masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, Shevalye bir muddatdan beri jamoa bilan birga bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi oylarda asosiy tarkibda o‘ynamagan.

"U albatta hozir xafa. Risser juda yaxshi mavsum o‘tkazmoqda. U katta ishtiyoq bilan kelayotgan yosh futbolchi va bu jamoa uchun muhim", — dedi Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!