Diego Simeone 14-o‘yinda ham "Barselona"ni enga olmadi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 13-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
E’tiborlisi, “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasida 14-o‘yinda ham “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi.
Kataloniyaliklarni enga olmaslik bo‘yicha rekordchi “Valensiya” ustozi Marselino hisoblanadi. U 15ta qarama-qarshilikning birortasida ham “Barselona” ustidan g‘alaba qozona olmagan.

Fikrlar