Diego Simeone "Atletiko"dan ketsa, A Seriyaga keladi
"Atletiko" Madrid bosh murabbiyi Diego Simeone yozda klubni tark etishi kutilmoqda. Uning keyingi manzili ham deyarli aniq.
Italiyaning "Corriere della Serra" nashrining xabar berishicha, jahon futbolida eng ko‘p maosh oladigan mutaxassis Milanning "Inter"iga o‘tishi mumkin. Diegoning o‘zi ham bunga qarshi emas.
Ma’lumot o‘rnida, Simeonening "Atletiko"si joriy mavsum 27 ochko bilan La Ligada 5-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar