Diego Simeone: Grizmanning klub uchun 5 yil qilgan xizmatlarini qadrlayman
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan Grizmann haqida fikr bildirdi.
- Bu faoliyatidagi muhim bir vaqt, u ajoyib jamoaga o‘tdi. Grizmann klub uchun 5 yil o‘ynadi. Bizda o‘ynab, keyin ketishga qaror qilgan barcha futbolchilardan minnatdorman. Odamlar so‘nggi vaqtni eslaydilar. Ammo men unday emasman, zero Grizmann 5 yil xizmat qildi. Birinchi kelgan paytlari u qanotda o‘ynardi. Men markazda o‘ynashi kerakligini aytdim, u meni tushunib, so‘raganimni bajardi. Bunday narsalar murabbiy sifatida meni quvontiradi. Men uni juda yaxshi ko‘raman. Meni u va uning oilasi bilan ajoyib aloqam bor, - dedi Simeone.



Fikrlar