
Diego Simeone: Kun kelib albatta "Inter"ni boshqaraman
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone vaqti kelib o‘z kuchini Italiya A Seriyasida sinab ko‘rish istagi borligini aytdi.
“Men har doim aytganman, qachondir bir kun albatta “Inter”ni boshqaraman. Lekin, hozir ularda murabbiy bor va o‘z navbatida men ham “Atletiko”dagi hayotimdan mamnunman. Hamma narsa o‘z vaqtida bo‘ladi. Kelajak haqida gapirish qiyin, hozirgi kun bilan yashash kerak”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar