Dilshod Komilov "Qizilqum"ga qaytdi

  • 13.11.2025 16:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Superliganing 21-tur uchrashuvida jamoamiz bosh murabbiyi Akmal Rustamov hamda himoyachi Dilshod Komilov o‘rtasida kutilmagan holat ro‘y bergandi. Shundan so‘ng klub rahbariyati futbolchi bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilgan edi. Kuni kecha jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi yig‘ilish o‘tkazib, futbolchini "Qizilqum" yoshlar jamoasi tarkibida mashg‘ulotlarda qatnashishi uchun ruxsat berildi.

Undan tashqari Dilshod Komilov klub bazasiga tashrif buyurib o‘sha holat yuzasidan tushuntirish berdi:

"Avallo assalomu alaykum. Men Dilshod Komilov ayni paytda "Qizilqum" jamoasi bazasidaman va men bilan bo‘lgan voqea bo‘yicha ma’lumot bermoqchiman. Superliga 21-turi doirasida  "Qo‘qon-1912"ga qarshi bellashuvning 60-daqiqasida meni bosh murabbiy Akmal Rustamov zaxiraga olmoqchi bo‘ldilar. Ammo men bu qarorni to‘laqonli tushunmaganligim uchun jamoaga uchrashuvda to‘liq yordam berish maqsadida maydonnni tark etmadim. Shundan keyin bu holat muxlislari va mutaxassislar o‘rtasida keng mulohazalarga sabab bo‘ldi.

- Ushbu qarorim uchun men "Qizilqum" jamoasi rahbariyati va muxlislari qolaversa klub bosh murabbiyi Akmal Rustamovdan uzr so‘rayman. Tushunmovchilik va vaziyatga noprofessionallarcha yondashganligim rost. Ayni paytda klub rahbariyati va bosh murabbiy bilan kelishib oldim va hozirda hammasi yaxshi. Men mavsum so‘nggiga qadar "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qilishga tayyorman", - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi navoiyliklar matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!