Dilyaver Vaniev jamoasining g‘alabasidan keyin nimalar dedi?

  • 3 dekabr, 2020, 17:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” klubi oxirgi turda “Metallurg” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv yakuniga etganidan keyin muborakliklar murabbiyi Dilyaver Vaniev o‘z taassurotlarini quyidagicha bildirdi:

Tecno

- Albatta, chempionatni g‘alaba bilan yakunlash yoqimli tuyuladi. Bugun qiyin raqibni mag‘lub eta oldik. Bugungi uchrashuvga jangovor ruhda tayyorlangandik. Bellashuv davomida imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Penaltidan ham foydalana olmadik. Ammo bunday holat futbolda bo‘lib turadi.

O‘ylaymanki, o‘yinimiz muxlislarimizga ham yoqdi. Chunki ko‘plab imkoniyatlarni yaratdik. O‘z o‘rnida men ham futbolchilarimizning harakatlaridan qoniqdim. Ular oxirigacha kurashdilar. Birinchi navbatda o‘yinchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Mavsum davomida turli qiyinchiliklarga uchradik. Rejalar o‘zgarib turdi. Shunda ham futbolchilarimiz matonat ko‘rsatib, oxirigacha munosib kurashdilar, - deydi Vaniev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!