
"Dinamo" 12 iyuldan tayyorgarlikni boshlaydi, tarkib esa kuchaytiriladi
Superliga 13-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” (1:1) o‘yinidan keyin jamoamiz a’zolari ikki haftalik ta’tilga chiqqan edi.
Klub bosh murabbiy Andrey Shipilov qo‘l ostida Qurbon hayitidan keyin – 12 iyuldan Samarqandda yig‘in boshlab, ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlaydi. Klub ikkinchi davra oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, “Dinamo” Superliga 2-davra dastlabki bahsida 1 avgust kuni Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo‘lsa, 7 avgust kuni 11-turning qoldirilgan o‘yini doirasida “Nasaf”ni qabul qiladi.
“Dinamo” matbuot xizmati.
Fikrlar