Asosiy mazmunga oʻtish

"Dinamo" Aziz Amonovni o‘z safiga qo‘shib oldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 3

Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda

Azizbek Amonov – "Dinamo" futbolchisisiga aylandi. Bu haqda Samarqand klubi matbuoti xabar berdi. 

"Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

«Dinamo» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Azizbek Amonov bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi. O‘zbekiston milliy jamoasi safidagi o‘yinlari va Superliga klublaridagi ishtiroki bilan tanilgan 28 yoshli hujumkor yarimhimoyachi yakunlangan mavsumni «Buxoro» safida o‘tkazdi. 2026 yildan esa u «Dinamo» jamoasi sharafini himoya qiladi. 

Azizbek Amonov o‘tgan yillar davomida «Lokomotiv», «Nasaf», «Neftchi», «Bunyodkor» klublari, shuningdek Eronning «Istiqlol», BAAning «Xorfakkan» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ishonamizki, Azizbek Amonov Vadim Abramov boshqaruvidagi «Dinamo» jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.

"Dinamo" PFK oilasiga xush kelibsiz, Azizbek", - deyiladi xabarda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q